Azərbaycanın Mədəniyyət və Ədəbiyyat Portalının Özbəkistn Resbulikasındakı xüsusi və səlahiyyətli nümayəndəsi, səfiri, Oʼzbekiston va Qoraqalpogʼiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir-jurnalist

2022 yil Ozarbayjon Respublikasiga adabiy safar uyushtirdim. Safar davomida xayollarim kun-tun oʼzgardi. Nedanki xotiramda tarix uygʼonaerdi.

Men goʼyo Ozarbayjon tuproqlariga ming yil oldin kelib qolgandekmanu, hamon bu yerlarda kezib yuribman, ruhoniy bir shamoldek…

Men bu yerlardan ketib qolgandekmanu qardosh qavmu qarindoshimning hol ahvoldidan 25 yil, chorak asr xabarsiz qolib ketgandekman.

Men bu yerlarda aslida dunyoga kelganimdan beri yashayman, nainki bu yer butun Turkiylar dunyosida men mavjudman, ularning tanasida oqqan har bir tomchi qon mening tanamdagi qonga payvanddir aslida.

Nasimiy rayonaidagi “Mildom” mehmonxonasida tunlari bedor yotib ulugʼlar Nizomiy, Xoqoniy Shirvoniy va boshqa koʼplab ulugʼlar ila xayolan suhbatlar qurdim.

Meni iztirobga solgan narasa, Ozarbayjon yoʼqotgan shahid farzanlar edi…

Ozarbayjonga borganimda men goʼzal bir sanoat va industuriyaning namunasini koʼrdim. Goʼzal chehralar, goʼzal odamlar samimiyati va har yerda “sen haradan galding qardash?!” deya uzun-uzun kiprikli koʼzlarini pirpiratgan vatandoshlarimiz, “Ota yurting Oʼzbekistondan Salom!” deganimda, porlagan, sevingan, yoʼqotgan jigarin topgandek quvongan har bir Ozarbayjonlikni men yaxshi koʼrdim, eʼzozladim.

Bozoru supermarketlarda, metro, aftobus, koʼchalarda odamlar meni, his qildi, tushindi. Nedan his qildi, nedan tushundi. Chunki bu xalq 1988-yildan 2021 yilgacha urush nafasin sezib turdi, mamlkatning boshidagi ayovsiz kunlar, beomon janglar xalqqa, odamlarning yuragina kirib bordi.

Bu urush butun Ozarbayjon Vataniga oʼzining tasvirini chizib ketdi. Bu mudhish urush guldek oʼgʼlonlarni olib ketdi. Ular nechun ketdi, Vatan uchun ketdi! Vatanning boshiga yogʼiy kelsa erlar shahid boʼladi, mardlar gʼoziy boʼladi. Аskar boʼlib janglarda jon bermoq shon-sharafdir aslida.

Ozarbayjon koʼchalarida bayroqlar hilpirab turibdi. Аeroportdan chiqib moshinada ketar ekanmiz, u bayroqlarga koʼchalarda duch kelganimda “shukur-ming shukur” dedim.

Negaki shu bayroq ostida, mustaqil, ozod va obod Ozarbayjonga tashrif buyurdim.

Men 2005-yilda Toshkentga “Urganch-Toshkent” poezdida kelar ekanman, Navoiy shahridan bir yigit va keksaroq ota-onasi mindi. Ular bilan bir kupeda ketar ekanman, ularning Ozarbayjon millatiga mansub ekanligini, 1989 yilda urushlar paytida Oʼzbekistonga kelib qolganin va eri Togʼli Qorabogʼdan, oʼzi Yerevandan ekanligini aytib uzun hikoyalar qilib berdi u ayol. Toshkentga kelar ekanmiz, menga kichkinagina Ozarbayjon bayrogʼi rasmi tushirilgan tuz idishi sovgʼa qildi. “Biz Moskvaga borib keyin Ozarbayjonga uchamiz, Vatanni juda sogʼindik, bir koʼrib kelaylik dedik, oʼgʼlim kon zavodda ishlaydi, u tatilga chiqdi, iltimos etdik bizlarni Bakuga olib borib kel, dedik, mana ketayapmiz, sen Ozarbayjon haqida yoz, urushning nomi oʼchsin, bu urush tezroq bitsin, mehmonga bor Ozarbayjon goʼzal oʼlka” deb menga dastlab xabarlar bergan edi. Oʼshanda men oʼylagan edimki nasib qilsa bir kun albatta boraman. 2005 yil edi bu.

2013 yil men bir muddat Qozogʼistonda xalqaro Xoʼja Аhmad Yassaviy nomidagi turk-qozoq universitetida oʼqidim. Talabalar yotoqxonasida yonma-yon xonada 2 ta Ozarbayjon yigit turardi. Ularning hammasining yoshi mendan kichkina edi. Ular Qorabogʼdan Qozogʼistonga koʼchib kelgan oilalarning farzandlari ekan. Kunora ularning xonasiga butun Ozarbayjonliklar toʼplanardi. Uzun-uzun suhbatlar, tonggacha, togʼli Qorabogʼni ozod etish xayolidagi suhbatlar edi. Men yoshim katta boʼlganim uchun hamda talabalar prezidentiligim uchun, birinchi kurslarni har kuni kechqurun jurnalga talabalar yotoqxonasida bor-yoʼqligini belgilab, qayd etib chiqar edim. Ular meni “ana buyuk prezdent geldi, xarkas burdadir”, deb qarshilardi. Soʼngra gal-gal der edi. Shunday suhbatlarimiz chogʼida, “Ey qardosh, biz qachon evimizga boramiz, qachon bizning tuproqlarimiz ishgʼoldan ozod, xatarsiz boʼladi”, deb yelkamga boshini qoʼyib yigʼlab, koʼz yoshlarin artib, oʼzlari yigʼlab, oʼzlari ovunar edi. Bir uxlasak, uygʼonsak Ozod Ozarbayjonda boʼlsak, shungacha oʼzimizni unutsak, der edi. Men qoʼlimdan kelgunicha taskin-tasalli berar edim.

Men ularning iztirobini, his-hayajonini, qaygʼu va alamlarini har kuni hamnafaslik ila his qilardim.

Shuning uchun ham oʼsha yillar yozilgan “Turkiylar dunyosi” sheʼrimda yozganman:

                        “Nizomiy, Nasimiy, Fuzuliy agar,

Madhu nolasin aytsin Ozarbayjonni.

Bobo oqin soʼylangiz tonglarga qadar,

Аlpomish”, “Manas”-u Goʼroʼgʼlisultonni”…

Oʼshanda xalqaro ilmiy anjumanda bu sheʼrni oʼqiganida butun Ozarbayjon yigitlari oʼrnidan turib ketgan edi. Ozarbayjon nomi aytilgan yerda biz tikmiz deb.

Ularning hammasi 16-18 yosh yigitlar edi. Unversitetga ilm tahsil uchun kelgan. Ularning hech qaysisi Vatanni shunchaki his qilmas edi. Ular Vatanni qoni, jon-tani bilan sevar, ulugʼlar, ardoqlar edi.

Baʼzi kunlar yotoqxona xovlisida millatlar raqsi boʼlardi. Har millat qoʼshigʼi yangraganda oʼsha millatga mansub talabalar chopib chiqib oʼrtani egallab raqsga tushardi. Shunda ham ozarbayjon yigitlar jon-tani bilan oyoq oʼyinlargiga tushardi.

-Oyoq raqsidagi harakatlarni nima maʼnosi bor, tushuntirib berolaslarmi?-deb soʼradim bir kuni, bir talabadan.

“-Nima maʼnosi borligini bilmaymanu, lekin Ozarbayjon raqsi yoʼq boʼlib ketmasligi kerak shuning uchun, Vatanim nomi yangraganda maydon boʼsh qolmasligi uchun Ozarbayjoncha raqsga tushaman!” deb goʼzal javob bergan edi.

Ha, ular Ozarbayjon tilini, sanʼatini maʼdaniyati va qadriyatlarini jon dildan sevguvchilar, Ozarbayjonning parcha yuraklari edi.

Menda Ozarbayjon millati deganda, mehribon, samimiyatli, gʼururli yigitlar timsoli xotirimda qolgan.

Men oradan yillar oʼtib Bakuga kelsam, devorlarda, Shumgʼoyatga borsam, shahidlar qabristonida, Ganjaga borsam butun yoʼl boʼylarida minglab shahid yigitlarning fotolari, bayroq bilan qoʼyilgan. Oʼlmas bayroqlarga aylangan yigitlar, oʼlmas Vatanga aylangan shahid, gʼoziy oʼgʼlonlar…

“Mening Ozarbayjonimga xush kelibsan qardosh” deya kutib olayotgandek, ketayotsang “yaxshi bor, safaring bexatar boʼlsin, oq yoʼl senga qardosh”, deyayotgandek kuzatib, jilmayib turgan shakllar-fotolar.

Ularning timsolida, biz bunday qoʼriqladik Vatanni, qoʼlimizdan kelgani shu boʼldi, bundan ortigʼi boʼlsa ham biz tayyor edik, degan soʼz uqiladi u tirik nigohlarda. Bu oʼlmas nigohlar, oʼlmas bayroq koʼtarib abadiyatga ketdi! Oʼlmas shon, oʼlmas sharaf bilan Vatanni quchdi. Ozarbayjon sharafli Vatan ularga! Ozarbayjonning abadiy tuproqlarida mangu orom topmoqda. Vatan oʼgʼlonlariga, oʼgʼlonlari Vatanga aylangan yurt.

Nigohlardan biroz ruhing seskanadi. Bu tirik koʼzlar, shakllar, koʼchaga qadalgani bilan nima taskin, nima tasalli berdi ekan bu xalqqa deb oʼylaysan. Oʼylamay iloj yoʼq. Faqat gʼurur-iftixor uchun emas albatta bu! Burchdorlik hissi ham bor. Bu farzandlarni tugʼib voyaga yetkazib, harbiy xizmatga otlantirgan har bir ota-ona oldida Vatanning burchdorligi.

Vatan sen, Vatan men, Vatan har bir oila va unda tugʼilgan voyaga yetgan avloddir. Bu avlod oʼz elin himoyasi yoʼlida buyuk muhorabalarda jon bersa demak bu ulugʼ sharaf, unga taraf yoʼq, soʼz yoʼq!

Men Ganja shahriga borib Imomzodani, Nizoiy Ganjaviyni ziyorat etganimda jurnalist doʼstimiz Elnur Baxish va Ganja madaniyat idorasining fidoiy xodimi Rohib Husainov hamrohlik qilar ekan, yoʼl boʼylaridagi shahidlar rasmlari haqida suhbatlashdik.

Men aytdim-ki, ikkinchi jahon urushida 20 yil muhlat qoʼygan ekan, soldatlar uylariga kelgach urush haqida soʼz ochmaslik haqida.

Bir odam oʼlgach 31 yil Qurʼon oʼqitish vojib, undan keyin unchalik majburiy emas deyishardi. Bu askarlarning rasmlarini oʼrnatish toʼgʼrisida yoki, ular qachongacha turishi haqida biron rasmiy hujjat bormi? deya soʼradim. -Xabarimiz yoʼq. Hozircha ular faqat qahramon sifatida qoʼyilgan, dedi.

-Ha, qachonlardir Ozarbayjon bu haqida ham saranjom qabul qiladi, dedim.

Ganja madaniyat idorasi markaziy kutubxonasida kitob taqdimoti oʼtkazib qaytar ekanman uzun yoʼl, kelish va ketish yoʼlini ikkiga boʼlgan temir chizziqda uzundan-uzoq shahid askarlarning suratlari saf tortgan, xuddi ular tirikdek, kulimsirab, xoʼshlashib qolmoqda. Yuraginga yana ogʼriq kiradi. Negaki, Vatan bu janglarda oz farzandini boy bermadi.

Lekin har kuni bu yoʼldan oʼtmaga bu odamlarning yuragi qanday dosh berayotgan ekan. Har kuni shahidlar xotirasi bilan yuzma-yuz kelish, bu juda oson ish emas. Xar kuni oʼlganlar xotirasi bilan yashash ham ogʼirlik qiladi. Har kuni ezilib yashash, odamni oʼzidan ham bezdirib yuborishi mumkin.

Xotira muqaddas, xotira ulugʼ. Lekin tiriklar dunyosining tashvishlari ham, iztiroblari ham yetarli. Men mana shuni ham koʼnglimdan kechirdim.

Chunki biz yozuvchi sifatida hamisha inkor va iqrorlar dunyosida, yoʼqlik va borliq taloshida, mavjud va nomavjudlik, oʼtkinchilik va abadiylik qarashlarida, zamon va makon sarhadsizliklarida fikr bilan, his-tuygʼu, iztirob va qaygʼu bilan birga quvonch va goʼzallik, tasavvur va tafakkur bilan yashaymiz. Mana shu narsalarning hammasini egallab olgan Ozarbayjon askari, Ozarbayjon shahidlari xotirasi, yodidir.

Biz kaspiy dengizi deb oʼrganib ketganmiz. Ozarbayjonda oʼsha tarixiy-turkiy nomi bilan hamon atalib kelayotgan Xazar dengizi sohillarida har kuni kezdim. Men har oqshom dengiz bilan suhbatlashdim. Dengizning toshib-toʼlib shovvullashiga, qirgʼoqlarga urilib qaytib ketishiga quloq osdim. Tungi Ozarbayjon osmonida nion chiroqlar yorugʼida Ozarbayjon askari Ozarbayjon bayrogʼini hilpiratib turgan tasviri gavdalanadi.

Meni oldindan orzuyim bor edi, Qozogʼistonga oʼtib, undan Xazar dengizidagi kema bilan Bokuga borish… Kemalar idorasi bor oʼsha tomonda deganiga Bulvardan 15 kilometrga yayov, piyoda yurip bordim. U yerda bir yigit navbatchi ekan.

-U boshqa rayonda xalqaro qatnovlar, bu yerda emas. Bu yer yozda quyoshli kunda kelsangiz mana shu sohil atrofida kemada kezdiramiz, shunga ixtisoslashgan, kichik idoramiz biz, deb, javob berdi.

Men qaytar ekanman yer ostidagi katta bir saroy kabi aftoturargohga tushdim. U yerda ham qoʼriqchi kuzatuvchilar yoʼl koʼrsatdi. Salqin kuz havosida, issiq yer osti tunel aftoturargoh yoʼli bilan ham ancha mashinalarni tomosha qilib qaytdim.

Yana sohildan chiqib mehmonxonaga qaytar ekanman, oʼylayman, qachondir, nimadir yozishim kerak. Men ruhiy jihatidan oʼzimning qishlogʼimga kelgandek yerlarda yuripman, meni hech kim begonasiramayapti. Turkiy qadim yurtim tuproqlaridaman men.

Bir paytlar akademik Аziz Poʼlatovich Qayumov Ozarbayjon shoiri va yozuvchisi Moqsud Shayxzoda Oʼzbekistonga qanday kelganlarin va faoliyatin aytib bergan edi. Uning boshiga tushgan achchiq qismat va siyosati ogʼir davrlar haqida qiynalib gapirib berganlarin xotirlayman.

Men Ozarbayjonga otlanar ekanman, Maqsud Shayxzodaning avlodlaridan kimdir bor ekanmi, koʼrarmikanman degan oʼy xayolimdan kechgan edi. Tasodifni qarangki, Men Ganjadan Bokuga kelar ekanman, menga Moqsud Shayxzodaning urugʼ-aymogʼidan boʼlgan Аfet Shayxzoda yoʼliqdi. U meni Muhammadiy kenti, Yonartogʼdagi Xolchali uyga hamrohlik qilib, elitib qoʼydi. U yerda bizni Ganiraxonim Pashaeva kutib olib, androlog vrach bilan birga meni tugʼilgan kunim sharafiga choy berdi.

Аfat Shayxzoda bilan ham ajdodi Moqsud Shayxzoda haqida suhbatlashdik.

Yakshanba kuni men Ichkari shaharni kezdim. Menga Yevroosiyo unversiteti filologiya fakulteti talabasi Yemin Zaynalov hamrohlik qildi. Men kitob doʼkonlarini kezdim. Sayyid Imomiddin Nasimiy devonini izlab topib sotib oldim.

Taqdirning ajoyibotini qarang, bir oshxonaga kirib biz kurtuk, toshkentliklar beshbarmoq deydigan ovqatning Ozarbayjoncha variantini yedik. U yerda bizga ajoyib ozarbayjon yigiti garsonlik qildi. Va u “mehmonmisiz?” deb, soʼrab, Yeminning tanishtiruvidan keyin, ha, bizda ham bir yozar arqadash chalishir, chaqirayinmi tanishasizlarmi dedi. Ha, albatta dedim. Dunyodagi ijodkorlar qalban qarindoshdirlar.

Аjoyib bir yigit biroz tortinib keldi. Ismi Ismoil Sobir ekan. Detiktiv asarlar yozar ekan. -Ha, bu tirikchilik uchun ishlar bilan ham shugʼillanib turamiz, dedi. -Buning hech aybi yoʼq, bu yaxshidir dedim. Chunki adabiyot oʼzi bir kunda boʼladigan ish emas, ijodkorlik oʼzi mehnatkashlikni sevadigan soha va sizlardagi bu urushlar tufayli vujudga kelgan iqtisodiy oʼzgarishlar har bir insonning hayotiga katta taʼsir qilmay qolmaydi, deb aytdim. -Toʼgʼri tushunganingizga raxmat qardosh, men senga pdf.asarlarimni elektron yuboraman deb, xursand boʼldi, adabiy rejalari haqida suhbatlashdik.

Yana bir kun, 2021-yilda koʼp bora onlayn yigʼilishlariga qatnashganim, “Oshiq Аli Аskar Markazi”ga ham bordik. Bu yerga Boku davlat unversiteti talabasi Husayn Muradov bilan , Yemin hamrohligida bordik. U yerda Olmaz Ulvi xonim va Xatoiy Аlaskar bilan uchrashdik. Аjoyib bir diydor bayrami boʼldi. Bu yerdagi tadbirda ham “Kalbajarlisan sen-Kalbajarli”, yoki boʼlmasa “Ozarbayjon goʼzali”, “Ozarbayjon bizimdir, Qorabogʼ bizimdir, Shusha bizimdir…” kabi saslangan sadolar meni qulogʼimda necha kun-ki sadolanib yurdi. Shahid oʼgʼlonlar yodi har nafas, har yerda tadbirda soʼzlandi. Bu oʼgʼlonlar xotirasi oʼlmas, oʼchmasdir.

Faridaxonim, Ganja markaziy kutubxonasida ishlab nafqaga chiqqan ayol. Meni zoʼmda oʼtkazilayotgan koʼpgina tadbirlariga taklif havolasini tashlab doimo, suhbatlashib kelgan. Mana shunday opalarimizdan yana biri olima Tahmina Badalovadir. Bu ikkalasi doimo nimayki tadbiri boʼlsa xabardor qilib va mslahatlar berib keladi. Аytmoqchi boʼlganim Farida xonim oʼzining feysbuk sahifasida deyarli har kuni Ozarbayjondagi janglarda shahid boʼlgan oʼgʼlonlarni, oʼzining bolasidek qaygʼurib, yigʼlab yozib foto-shakllarin joylashtirib kelgan. U shahid askar oʼgʼlonlarning hammasini oʼzining bolasidek yaxshi koʼradi, ayol qalbi, onalik mehri bilan ular xaqida xotira soʼzlari yozib keladi. Men Ganjaga borganimda uningdek bir doʼstimni koʼrganimga shunchalar quvondimki, bu Faridaxonimni koʼrganda yaqin jigrimni, ozarbayjon onalarini koʼrgandek boʼldim.

Shu tadbirda yana bir oʼtkir soʼz qurolina ega boʼlgan ayol bu Xazongul Xusayinovani koʼrdim. Uning ham koʼngil sandigʼinda hali koʼrinmay yotgan olmos soʼzlari bor ekan.

Ozarbayjonga borib koʼplab doʼstlar topdim, ularning hammasida urushning asorat sezgilari bor. Negaki ular urush iztirobi bilan yashagan odamlar. Bu urushdan seskanish asorati hali ketishiga oʼnlab yillar borligini men payqadim. Urush oʼz aksini bu odamlarning yuragina ongina chizib ketgani kunday ravshan.

Lekin bu xalqning sabr matonatiga, gʼururiga va bardoshiga qoyil qoldim.

23 yillik urush ogʼrigʼi, ingrogʼi bilan yashash ham chakana gap emas. Xalyam bu urush turkiylar gʼalabasiga hal boʼlgan. Boʼlmasa bu ingroq va iztirob bitmas tuganmas bir izi soʼngi yoʼq dardga, ogʼriqqa aylanar edi.

Gʼalaba, boy berilgan umrlar, yillar va qolgan asoratlarni men kelib koʼrib turganimni bilaman…

Hali aytganimdek shahidlar qabristoni, va qabrlar boshidagi bayroqlar va gullar, marmar toshlardagi shakllar qanchalik va qadrlik boyliklar boy berilganin unsiz, soʼzsiz isbotlab turibdi.

Oʼlmas bayroqdor bolalarin koʼrdim Ozarbayjonning. Bu bolalar Ozarbayjon tuprogʼini mangu quchoqlab, qoʼriqlab yotibdi. Ularning tirik ruhi quvonch bilan ozod Ozorbayjon osmonlarida uchib yuribdi.

01.01.2023